Yana bir yirik kema Suvaysh kanaliga tiqilib qoldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Yirik kemalardan biri Suvaysh kanalining janubida quruqlikka chiqib qolib, o‘tish yo‘lagini deyarli to‘sib qo‘ydi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, kema joyidan siljitilib, allaqachon, suvga qaytarilgan. Bu haqda “RIA Novosti” yozmoqda

“Haqiqatan ham, kema quruqlikka chiqib qoldi, ammo xavf bartaraf etildi. Kema, allaqachon, harakatga tushgan”, deydi agentlik manbasi.

Qo‘shimcha qilinishicha, Suvaysh yo‘lini bir oz muddatga to‘sib qo‘ygan Minerva Nike nomli yirik yuk tashuvchi kema Gretsiya bayrog‘i ostidagi harakat qilgan. 

“Kanal bo‘ylab harakatlanish maksimal 30 daqiqada qayta tiklanadi”, deydi manba.

“MarineTraffic” portalining ma’lumotlariga ko‘ra, kanal to‘sib qo‘yilgan paytda kamida ikkita tortuvchi-qutqaruv kemasi Minerva Nike’ning atrofida bo‘lgan. 

Bu so‘nggi kunlarda Suvaysh kanalida sodir bo‘lgan ikkinchi hodisa: mart oyi oxirida 400 metrlik Ever Given konteyner tashuvchi kemasi 151 kilometr masofani bosib o‘tib, kanalni to‘sib qo‘ygandi va olti kun davomida transport vositalari Suvaysh kanali bo‘ylab harakat qilolmay, tirbandlikni yuzaga keltirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suvaysh

Baholaganlar

598

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing