Yana bir DXX mansabdori ishdan olindi
Jamiyat
−
25 noyabr
76093Davlat xavfsizlik xizmatining Ichki xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan polkovnik Alijon G‘aniyevich Ashurov lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Qayd etish joizki, oldinroq uning ukasi Sarvar G‘aniyevich Ashurov ham O‘zbekiston Bosh vazirining yordamchisi – Bosh vazir qabulxonasining mudiri lavozimidan ozod qilingandi. Uning o‘rniga Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudirining o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shuhrat Musojonovich Ibragimov Bosh vazirning yordamchisi – Bosh vazir qabulxonasining mudiri lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimida ishlab kelgan Abdusalom Abdumavlonovich Azizov lavozimidan ozod qilingach, mudofaa vaziri sifatida ishlab kelayotgan Bahodir Nizomovich Qurbonov Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlangandi.
Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shuhrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedov esa Mudofaa vaziri etib tayinlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i polkovnik Ahrorjon Halimjonovich Atxamov hamda Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Temur Akramovich Sobirov lavozimidan ozod etildi.
LiveBarchasi