“Umra”ga noqonuniy yuborish evaziga fuqarolardan pul undirganlar ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida “Umra” safariga noqonuniy jo‘natishni va’da qilib, fuqarolardan pul undirgan sayyohlik firmasi xodimlari qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyatida noqonuniy ravishda “Umra” ziyoratiga yuborish bilan bog‘liq holat aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, Qo‘qon shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firma rahbari 2 nafar fuqaroni “Umra” safariga jo‘natishni va’da qilib, 2 200 AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Namangan viloyatida kuzatilgan holatda esa Chortoq tumanida faoliyat yurituvchi sayyohlik firma ishchisi 2 nafar fuqaroni “Umra” safariga yuborish evaziga 2 200 AQSH dollari talab qilib, oldindan 400 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent hamda Farg‘ona shaharlarida Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, fuqarolardan firibgarlik yo‘li bilan pul olgan shaxslar qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing