Toshkentda Germaniyadan pochtada yuborilgan og‘uni qabul qilib olayotgan xorijlik ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkentda yashovchi chet el fuqarosi Germaniyadan pochta orqali yuborilgan jami 4 kg narkotik moddalarini qabul qilib olganda qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Jumladan, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida vaqtincha istiqomat qilayotgan 2001 yilda tug‘ilgan Chernogoriya fuqarosi mazkur tumandagi pochta bo‘limida Germaniya davlatidan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olgan vaqtida xolislar ishtirokida to‘xtatilgan.

Jo‘natma belgilangan tartibda tekshirilganda, unda sport anjomlari ichiga yashirilgan 3 kg “Klefedron” va 1 kg gashish giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, xorijiy fuqaroning vaqtinchalik yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, jami 30 gr og‘irlikdagi “Alfa-PVP” narkotik moddasidan iborat 11 dona tayyor zakladkalar, zip-paketlar, elektron tarozi va boshqa buyumlar borligi ma’lum bo‘lgan.

Bildirilishicha, hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning 3 ta hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda jami 12,7 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing