Yana 50 nafarga yaqin bemor koronavirusdan sog‘ayib chiqdi
Jamiyat
−
31 may 2020
4976Toshkent shahrida 47 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 31 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
"Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 33 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 14 nafar, jami 47 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning 23 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi 2 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent va Xorazm viloyatlaridan 5 nafardan, Samarqand viloyatidan 4 nafar, Farg‘ona viloyatidan 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Andijon, Qashqadaryo, Namangan viloyatlari hamda Qozog‘iston Respublikasidan 1 nafardan.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 8 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 57 yoshda, yoshi kichigi 11 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent va Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Xorazm viloyatlaridan 1 nafardan.
Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida shu paytga qadar 1063 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 1110 nafarga yetdi. Shunday qilib, bugun O‘zbekistonda hozirga qadar 54 nafar bemor tuzalib, sog‘ayganlar soni 2837 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda mamlakatda koronavirusga chalinganlar 3554 nafarni tashkil qilmoqda. Bugungacha 14 nafar bemor vafot etgan.
LiveBarchasi