Toshkent shahrida epidemiya avj olish xavfi yanada kuchayishi mumkin
Jamiyat
−
31 may 2020
19695Toshkentda aholi orasida aniqlanayotgan kasallanishlar soni ko‘payayotgani sabab hududda vaziyat og‘irlashishi mumkin. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ogohlantirdi.
"So‘nggi kunlarda Samarqand, Navoiy, Toshkent viloyatlari qatori Toshkent shahridan ham aholi orasida koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni kun sayin oshib bormoqda. Kasallanish ko‘rsatkichlari shu tempda o‘sib borsa epidemiya avj olish xavfi yanada kuchayadi.
Bu esa aholidan yanada hushyor bo‘lib, o‘zi va yaqinlari salomatligiga o‘ta mas’uliyat bilan yondashishlarini talab etmoqda.
Jumladan, bugun, hozirga qadar poytaxtimizda koronavirus infeksiyasi aniqlangan 11 nafar fuqaroning barchasi aholi orasidan kasallikni yuqtirib olgan", deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq, Toshkent shahrida koronavirusga chalingan uch bemor reanimatsiyaga olingani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, kecha, 30 may kuni shahar aholisi orasida 9 nafar koronavirusga chalinish holati aniqlangan.
LiveBarchasi