Yirik savdo markazlarida kitob do‘koni ochish majburiy bo‘ladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi. Unga ko‘ra, maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan savdo markazlarida kitob do‘konlarini tashkil etish majburiy qilinadi. Bu haqda Prezidentning joriy yil 27 iyuldagi “Toshkent shahrini 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Unga ko‘ra, poytaxtda 24 soat faoliyat yuritadigan sayilgohlarda “kitob ko‘chalari” tashkil etiladi. Kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga aholi gavjum joylar, bozorlar, yirik savdo markazlari va shoh ko‘chalarda yengil konstruksiyali kitob do‘konlari hamda “Book cafe”lar ochishga ruxsat beriladi.

Qarorga ko‘ra, Olmazor tumanidagi Yoshlar markazi binosida Yoshlar kreativ parki ham tashkil etiladi. Unda yoshlarning startap loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, 2031 yil 1 yanvargacha Toshkentda tajriba tariqasida barcha tumanlarni maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari bilan bog‘lash hamda yangi loyihalarni joylashtirish uchun yer maydonlari ajratish tartibi joriy qilinadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing