Yakkabog‘ hokimi va uning yoqib yuborilgan o‘rinbosari ishdan olindi
Jamiyat
−
27 iyul 2019
8678Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimi Shohmurod Donayev, prokurori Jamshid Xalilov va tadbirkor bilan yuz bergan mojaro qahramoni – hokim o‘rinbosari Mansur Tuymayev lavozimidan ozod qilingani haqida xabarlar tarqaldi.
QALAMPIR.UZ`ning aniqlashicha, hozirda Yakkabog‘da yig‘ilish o‘tkaziladi. Ana shu yig‘ilishda tuman hokimi, uning o‘rinbosari va prokuror egallab turgan lavozimidan olingani rasman e’lon qilinadi.
Bundan tashqari, tadbirkorning do‘koniga buldozer haydagan hokim o‘rinbosari Mansur Tuymayevga nisbatan jinoyat ishi ochilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilyapti.
Eslatib o‘tamiz, Yakkabog‘ tumani hokim o‘rinbosari Mansur Tuymayev buldozerda tadbirkorning do‘konini buzayotganda o‘sha tadbirkor amaldorga benzin sepib, yoqib yuborgandi.
Holat yuzasidan Bahriddin Isomovga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.
LiveBarchasi