Yakkabog‘ga tadbirkor hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
02 iyul 7877 1 daqiqa
Abdinabi G‘iyosov Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 2 iyul kuni xalq deputatlari Yakkabog‘ tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan. Sessiyada deputatlar Abdinabi Kamolovich G‘iyosovni Yakkabog‘ tumani hokimi lavozimiga tasdiqlagan.
Ma’lumot uchun, Abdinabi Kamolov – 1963 yil Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. U Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan. “Shuhrat” medali sohibi. Tayinlovga qadar u “Kumush kuz fayzi” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi agrofirma ta’sischisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Nomzod xalq deputatlari tuman Kengashi oldida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini taqdimot qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida Xalq deputatlari Pop tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgandi va unda G‘ulomjon Sobitxo‘jayevich Murodxo‘jayev tumanning yangi rahbari etib tayinlangandi.
Live
Barchasi