Qaşqadaryoda 480 mln sömlik ekologik zarar yetkazganlar uşlandi (video)
3-sahifa
−
10:42 821 2 daqiqa
Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanidagi muhofaza etiladigan davlat örmon xöjaligi hududida noqonuniy kömir qazib oliş va daraxtlarni kesiş holati aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar 480 million sömdan oşgan. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Aniqlanişiça, “Mega Asia Salt and Quartz” xususiy zavodi mansabdor şaxslari geologik örganiş uçun berilgan ruxsatnomadan özboşimçalik bilan foydalanib, “Zarmars” kömir konida qazib olingan kömirni sotiş bilan şuğullangan.
Içki işlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti hamda Qaşqadaryo viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari ötkazgan tadbirda zavod işçisi Xolmirzayev 500 tonna noqonuniy qazib olingan kömirni 350 million sömga sotişga kelişgani aniqlangan. U puldan 50 million sömni olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Şuningdek, kömir koniga yöl quriş bahonasida 24 tup nodir Zarafşon arçasi, 9 tup uçqat daraxti va 3 mingga yaqin buta ildizi bilan qöporib taşlangan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan korxona rahbari Jomboyev va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (Özboşimçalik) hamda 198-moddasi (Ekinzorlarni, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni şikastlantiriş yoxud nobud qiliş) uçinçi qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida köp qavatli uylar qurayotgan korxona 51 tup daraxtni ruxsatsiz kesib taşladi. Quriliş maydonida boşqa ekologik qonunbuzarliklar ham aniqlanib, korxonaga 5,1 mlrd sömdan ortiq tölov va zararni qoplaş majburiyati yuklatilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi