Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 31 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Xalk deputatlari Yakkabog‘ tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi. 

Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelgan Abdurasul Eshtemirovich Safarov Yakkabog‘ tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiya ishida viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev ishtirok etib, nutq so‘zlagan.

Abdirasul Safarov 1965 yil 15 fevralda Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. 1989 yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 iyul kuni soat 17:30 larda 1976 yilda tug‘ilgan Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayev. “Hisor Sarlochin” MCHJga tegishli savdo do‘konlarini buzish ishlarini tashkillashtirayotgan vaqtda mazkur jamiyatda ishlovchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro Baxriddin Isomov o‘ziga tegishli savdo do‘konini buzilishiga faol qarshilik ko‘rsatib, Mansur Tuymayevning yuz qismiga yelim idishda bo‘lgan benzin yoqilg‘isini sepib, uni yoqib yuborgan. Ruy bergan voqea yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari boshlangan.

27 iyul kuni Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov “Eski Yakkabog‘” qo‘rg‘onida bo‘lib, holat yuzasidan viloyat mas’ullari bilan muloqot qilgan. Abdusalom Azizov Bahriddin Isomovga tegishli savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish do‘koni beton g‘ishtdan qurilgan bino ekanini ta’kidlab, bu binoni buzishga uringan tuman mas’ullari ishini qoralagan. Tuman hokimi, voqea “qahramoni” Tuymayev hamda tuman prokurori ishdan olingan.

Hozirda hokim o‘rinbosari Mansur Tuymayevga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Bahriddin Isomov esa Toshkentga ekspertizadan o‘tish uchun Toshkentga keltirilgan hamda hozirda Zangiota tumanidagi jazoni ijro etish muassasalaridan biridagi birinchi sonli tergov izolyatorida saqlanmoqda. Isomovning advokati Muzaffar Odilov B. Isomov saqlanayotgan tergov izolyatorida bo‘lib, u bilan gaplashishga muvaffaq bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yakkabog' Bahriddin Isomov

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing