Yaqin Sharqdagi mojaro sabab aviachiptalar narxi 10–15 foizga qimmatlashdi
Olam
−
10:05 824 1 daqiqa
Yaqin Sharqdagi mojaro fonida dunyo bo‘ylab aviachiptalar narxi odatdagi yozgi qimmatlashuvdan tashqari yana 10–15 foizga oshdi. Bu haqda Rossiya Turoperatorlar assotsiatsiyasi rahbari Mayya Lomidze Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi arafasida RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaroning asosiy ta’siri nafaqat mintaqaning turizm va tranzit yo‘nalishlari tizimidan qisman chiqib qolishi, balki jahon bozorida yoqilg‘i narxlarining oshishi bilan ham bog‘liq.
Shu sababli transport xarajatlari hisobiga turpaketlar narxining ko‘tarilishi turizm sohasi uchun eng jiddiy zarbalardan biriga aylangan.
“Bu odatdagi yozgi narx oshishidan tashqari yana taxminan 10–15 foizni tashkil etadi”, degan Lomidze aviachiptalar narxi qanchaga qimmatlagani haqidagi savolga javoban.
Uning ta’kidlashicha, hozirda dunyoning yirik aviakompaniyalari yoqilg‘i inqirozi sabab parvoz dasturlarini qayta ko‘rib chiqmoqda.
“Parvozlar hajmining qisqarishi yuqori talab saqlanib qolayotgan sharoitda narxlarning yanada oshishiga olib keladi”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Ma’lumot uchun, Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi 3–6 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Isroilning Livanga bergan zarbalari sababli AQSH bilan muzokaralarni vaqtincha muzlatgani haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinchalik AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronning Vashington bilan muzokaralari to‘xtatilgani haqidagi bayonotlarini rad etgan edi.
Live
Barchasi