Global yonilg‘i inqirozi boshlangan – WSJ
Olam
−
09:43 1243 2 daqiqa
Dunyo bo‘ylab global yonilg‘i inqirozi boshlangan va u Yaqin Sharqdagi keskinlikning kuchayishi fonida yuzaga kelgan. Bu haqda kecha, 15 sentyabr “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, AQSH neft kompaniyalari rahbarlari avvalroq ogohlantirgan global yonilg‘i inqirozi allaqachon boshlangan. Dunyo bo‘ylab tijoriy yonilg‘i zaxiralari yarim yildan ortiq vaqt davomida kamayib bormoqda. Neftning strategik zaxiralaridan foydalanish imkoniyatlari ham deyarli tugagan.
Energetika sohasi ekspertlari Yaqin Sharqdagi mojarolarni yakunlash istiqboli ko‘rinmayotgani vaziyat nazoratdan chiqib ketishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.
WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda dizel yonilg‘isi narxi bir oy ichida qariyb 14 foizga oshib, bir galloni uchun rekord darajadagi 6,23 dollarga yetgan. Bir yil davomida dizel narxi 60 foizdan ko‘proq qimmatlagan.
Benzin narxi esa 4,32 dollarga ko‘tarilgan. AQSH neftining narxi so‘nggi uch haftada 19 foizga oshib, bir barreli qariyb 101 dollarga yetgan.
Qayd etilishicha, vaziyatni Eron bilan davom etayotgan mojaro, neft tashuvchi kemalar va infratuzilmaga hujumlar, shuningdek, Xitoy o‘z zaxiralaridan foydalanganidan keyin neft xaridlarini ko‘paytirgani yanada murakkablashtirmoqda.
Nashrning yozishicha, Yaqin Sharq va Ukrainadagi mojarolar tufayli neftni qayta ishlash zavodlarining faoliyati to‘xtagani dizel yonilg‘isi ta’minoti cheklanishiga olib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Tramp 13 sentyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni Rossiyaning dizel infratuzilmasiga zarbalar berishni to‘xtatishga chaqirgan edi. Uning aytishicha, bunday hujumlar dunyoga zarar yetkazayotgan dizel yonilg‘isi tanqisligiga olib kelmoqda.
Live
BarchasiRonaldu “Al-Nasr” klubini sotib olmoqchi
15 sentabr