Vozinya Kasilyasni ham ortda qoldirdi

Sport

image

Kabo-Verde milliy terma jamoasi darvozaboni Vozinya Instagram’da o‘z pozitsiyasida eng ko‘p obunachiga ega futbolchiga aylandi. Bu borada u hatto jahon afsonasi Iker Kasilyasni ham ortda qoldirdi.

Jahon chempionati 1/16 finalida Argentinaga qarshi o‘yindan so‘ng (qo‘shimcha bo‘limlarda 2:3) Vózinyaning sahifasidagi obunachilar soni 21,5 millionga yetdi. U avval 2026 yilgi Jahon chempionatida eng ko‘p obunachiga ega darvozabonga aylanib, belgiyalik Tibo Kurtuani (18 million) ortda qoldirdi. Keyin esa Jahon chempionati g‘olibi Iker Kasilyasni (20,4 million) ham ortda qoldirib, faoliyatini yakunlagan darvozabonlar bilan umumiy ro‘yxatda birinchi o‘ringa chiqdi.

Turnirdan avval Afrika terma jamoasi futbolchisining akkauntida taxminan 50 ming obunachi bor edi. Uning auditoriyasi guruh bosqichida Ispaniyaga qarshi ilk o‘yindan (0:0) keyin keskin o‘sishni boshladi. O‘sha uchrashuvdan so‘ng Vozinya 10 milliondan ortiq obunachiga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Vozinya 40 yoshda. U Portugaliyaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi “Shavesh” klubida to‘p suradi. 

“Transfermarkt” portali ma’lumotiga ko‘ra, uning transfer qiymati 50 ming yevroga baholangan. Darvozabon faoliyati davomida Portugaliyaning “Jil Visente”, Moldovaning “Zimbru”, Kiprning “AEL Limasol” va Slovakiyaning “Trenchin” jamoalarida ham o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kabo-Verde terma jamoasi Argentinaga mag‘lub bo‘lib, Jahon chempionatini tark etgani haqida xabar berilgan edi. Bu Kabo-Verde terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk ishtiroki edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing