Shomurodovning goli JCHdagi ikkinchi eng chiroyli gol bo‘ldi (video)

Sport

image

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga kiritgan goli JCH–2026 musobaqasining eng chiroyli goli uchun ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi.

Muxlislar ovoz berish yakunlariga ko‘ra, turnirning eng chiroyli goli muallifi sifatida Kabo-Verde terma jamoasi himoyachisi Sidni Lopesh Kabral tan olindi. Uning Argentinaga qarshi 1/16 final bahsida urgan goli birinchi o‘rinni egalladi.

Shomurodovning turnirdegi goli ikkinchi, Gaiti terma jamoasi futbolchisi Vilson Isidorning goli esa uchinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan.

Kabral Mayamida bo‘lib o‘tgan Argentinaga qarshi bahsning qo‘shimcha bo‘limida raqibini mahorat bilan aldab o‘tib, jarima maydoni tashqarisidan to‘pni darvozaning yuqori burchagiga yo‘llagan edi. Uchrashuv 3:2 hisobida Argentina foydasiga yakunlangan bo‘lsa-da, aynan shu gol turnirning eng yaxshi goli sifatida tanlandi.

“Raqibimdan o‘tib ketganimdan keyin bo‘sh hududni ko‘rdim va zarba berishga qaror qildim. Ikkala oyog‘im bilan ham yaxshi zarba bera olaman. To‘p yuqori burchak tomon ketayotganini ko‘rib, “Men nima qilib qo‘ydim?” deb o‘yladim. Bu Jahon chempionatida urilgan gol edi va uning shunday chiqqanini anglash juda qiyin bo‘ldi” degan mukofotni qabul qilgan 23 yoshli futbolchi ushbu vaziyat haqida.

Kabralning aytishicha, golni nishonlash uchun tribuna tomon yugurganida onasi Tereza hayajondan hushidan ketgan.

“O‘yindan oldin onam va qiz o‘rtog‘imga gol ursam, ularning oldiga yugurishimni aytgan edim. Yetib borganimda onam yig‘layotganini ko‘rdim, ammo u hatto mening yoniga kelganimni ham sezmagan ekan. Atrofdagilar uni hushiga keltirish bilan ovora edi, chunki gol urganimda hushidan ketib qolgan ekan”, degan futbolchi.

Shuningdek, eng chiroyli gol sovrini uchun da’vogarlar qatorida Yangi Zelandiya vakili Elayja Jast, Fransiya terma jamoasi futbolchisi Kilian Mbappe, Argentina sardori Lionel Messi, Bosniya va Gersegovina vakili Kerim Alaybegovich, Yaponiyalik Daidzen Maeda, Norvegiya hujumchisi Erling Xoland, Argentina futbolchisi Xulian Alvares, Angliya vakili Jud Bellingem hamda Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Ferran Torres ham bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga kiritgan goli 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining eng chiroyli goli deb topilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing