Vozinya endi o‘z laqabini futbolkasiga yozdira olmasligi mumkin
Sport
−
29 iyul 1529 1 daqiqa
Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya Chili chempionatida o‘zining mashhur laqabidan foydalana olmasligi mumkin. Bu haqda “Emol” nashri xabar berdi.
40 yoshli darvozabon Chilining “Kolo-Kolo” klubi bilan shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishgan. U yaqin kunlarda Chiliga yetib borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va rasman shartnoma imzolaydi.
Chili chempionati qoidalariga ko‘ra, futbolchilarning libosida faqat otasining familiyasi, onasining familiyasi yoki ikkalasi ham yozilishi mumkin. Laqablardan foydalanishga esa ruxsat berilmaydi.
Darvozabonning to‘liq ismi Jozimar Joze Evora Diash bo‘lib, Vozinya uning futboldagi mashhur laqabi hisoblanadi. U mazkur laqabni faqat maxsus ruxsat olingan yoki musobaqa qoidalariga o‘zgartirish kiritilgan taqdirdagina saqlab qolishi mumkin.
Vozinya 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyingi hayoti haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, musobaqadan keyin hayoti tubdan o‘zgargan.
“Hayotimda sodir bo‘lgan voqealardan juda baxtliman va minnatdorman. Albatta, bunday voqealarni oldindan tasavvur qilish qiyin edi. Bu haqiqatan ham aql bovar qilmas darajadagi holat bo‘ldi. Hozir esa men uchun yangi hayotga ko‘nikish biroz qiyin kechmoqda”, deydi darvozabon.
Ma’lum qilinishicha, Jahon chempionatidan so‘ng, Vozinyaning ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilari soni 56 mingdan 29 milliondan ortgan yetgan. Futbolchining ta’kidlashicha, bunday mashhurlik u uchun mutlaqo kutilmagan bo‘lgan.
Live
Barchasi