Qariyalar uyida dahshatli yong‘in chiqdi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
17:36 1448 2 daqiqa
Chilining Pitrufken shahridagi qariyalar uyida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi turli jarohatlar va kuchli ta’sirlanish holatida shifoxonaga olib ketildi. Bu haqda “BioBioChile” xabar berdi.
Qayd etilishicha, fojia kecha, 11 sentyabr kuni kechqurun La-Araukaniya hududidagi Pitrufken kommunasida, Vilya Komuyda joylashgan “El Edén” qariyalar uchun uzoq muddatli parvarish muassasasida sodir bo‘lgan. Muassasa S-70 yo‘lining 21-kilometrida joylashgan.
Yong‘inni bartaraf etish uchun Vilya Komuy, Pitrufken hamda qo‘shni shaharlar o‘t o‘chiruvchilari jalb qilingan. Shuningdek, bir nechta shifoxonalarning SAMU tez tibbiy yordam bo‘linmalari ham voqea joyiga yetib borgan.
O‘t o‘chiruvchilar alangani bartaraf etgach, vayronalarni tozalash ishlariga kirishgan. Dastlab vayronalar orasidan kamida 5 kishining jasadi topilgan.
Biroq voqea joyiga kelgan prokuror Xorxe Granado kamida 16 kishi yong‘in oqibatida halok bo‘lganini tasdiqlagan. U hodisa joyida Jinoyatchilik va qotilliklar bo‘yicha maxsus guruh (ECOH) bilan ish olib borgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in vaqtida muassasa hududida jami 26 kishi bo‘lgan. Ulardan 10 nafari evakuatsiya qilinib, ayrim jarohatlar va kuchli ta’sirlanish holati bilan Pitrufken shifoxonasiga olib ketilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokiston poytaxti Islomoboddagi davlat shifoxonasida yong‘in chiqishi oqibatida kamida 14 nafar chaqaloq halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi