Suriyada yo‘lovchi avtobusi o‘qqa tutildi. Qurbonlar bor

Olam

−

image

Suriyaning g‘arbiy qismida kichik yo‘lovchi avtobusiga qurolli hujum uyushtirilishi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hujum kecha, 30 sentyabr kuni kechqurun Suriyaning Xoms viloyatidagi Myasof ko‘prigi yaqinida sodir bo‘lgan. Oqibatda kamida 7 kishi halok bo‘lgan, yana 4 kishi jarohatlangan. Ular ish kunidan so‘ng uyiga qaytayotgan kompaniya xodimlari bo‘lgan.

Hujumning sababi hozircha ma’lum emas. Shuningdek, voqea uchun javobgarlikni hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan. Suriya rasmiylari gumonlanuvchilar yoki hujum ortida turgan guruh nomini ham oshkor qilmagan. Qutqaruvchilar jabrlanganlarni Xoms shahridagi shifoxonalarga olib borgan. Xavfsizlik kuchlari esa voqea joyida tergov ishlarini boshlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Suriya hukumati 13 yildan ortiq davom etgan urush va 2024 yil oxirida Bashar Asad hokimiyatining ag‘darilishidan so‘ng mamlakatda xavfsizlikni ta’minlashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Rasmiylar bir qator rejalashtirilgan hujumlar va qurolli guruhlar faoliyatining oldini olganini bildirgan bo‘lsa-da, Damashq va mamlakatning boshqa hududlarida qurbonlarga olib kelgan otishma hamda portlashlar sodir bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning Idlib viloyatidagi Sarmada shahri yaqinida qurol-yarog‘ va urushdan qolgan portlovchi vositalar vaqtincha saqlanadigan omborda portlash sodir bo‘lib, kamida 14 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing