Argentina JCH debyutantini qiyinchilik bilan yengdi

Sport

image

Bugun, 4 iyul kuni Argentina milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Kabo-Verdeni qo‘shimcha vaqtda 3:2 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Mayami shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Argentina safida Lionel Messi 29-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Kabo-Verde tarkibida Deroy Duarte 59-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinning asosiy vaqti 11 hisobida durang bilan yakunlandi. Qo‘shimcha bo‘limning 92-daqiqasida Lisandro Martines jamoasining ikkinchi golini urdi. Sidney Kabral esa 103-daqiqada goli bilan yana bir bor hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv taqdirini esa 111-daqiqada Kabo-Verde futbolchisi Dineyning o‘z darvozasiga kiritgan avtogoli hal qildi.

Ushbu bahsda Lionel Messi uchun Jahon chempionatlari doirasidagi 20-golini urdi. Shu tariqa u mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purar sifatidagi yetakchiligini yanada mustahkamladi. Uning eng yaqin ta’qibchisi — Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe hisobida 18 ta gol mavjud.

Messi shuningdek Jahon chempionatlaridagi 30-uchrashuvini o‘tkazib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduni (26 ta o‘yin) ortda qoldirdi.

1/8 finalda endi Argentina Misr milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Misr 1/16 finalda Avstraliyani 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida 4:2 hisobida mag‘lub etgan edi. Argentina – Misr uchrashuvi joriy yilning 7 iyul kuni Atlanta shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing