JCH-2026 yulduzi Vozinya yangi jamoaga o‘tdi

Sport

image

Kabo-Verde milliy terma jamoasining tajribali darvozaboni Vozinya faoliyatini Chilining “Kolo-Kolo” klubida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman ma’lum qildi.

Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma muddati rasman oshkor qilinmagan. Biroq “Transfermarkt” portali ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv 2026 yil 31 dekabrga qadar amal qiladi.

Ma’lumot uchun, 40 yoshli posbon 2026 yilgi Jahon chempionatida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, ularning 2 tasida o‘z darvozasining daxlsizligini saqlab qoldi.

Vozinyaning “Kolo-Kolo”gacha bo‘lgan so‘nggi jamoasi Portugaliyaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi “Shavesh” bo‘lgan. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 19 ta uchrashuvda ishtirok etib, 6 tasida “quruq” o‘yin qayd etgan. 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin darvozabonning “Transfermarkt”dagi transfer qiymati keskin oshdi. Uning bozor bahosi 50 ming yevrodan 500 ming yevrogacha ko‘tarildi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing