Vozinyaning yangi klubdagi taqdimotiga 30 mingdan ortiq muxlis yig‘ildi

Sport

image

Chilining “Kolo-Kolo” klubi yangi darvozaboni Vozinyani tantanali ravishda tanishtirdi. Santyagodagi “Monumental” stadionida bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimiga 30 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurdi. Bu haqda NTN24 telekanali xabar berdi.

Joriy yilning 4 avgust kuni Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni “Kolo-Kolo” bilan shartnoma imzolagan edi.

Chili chempionati qoidalariga ko‘ra, futbolchi o‘zining rasmiy ismi – Jozimar Joze Evora Diash nomi bilan maydonga tushishi kerak edi. Biroq, ESPN ma’lumotiga ko‘ra, unga “Vozinya” taxallusi bilan o‘ynashga ruxsat berilgan.

Ma’lumot uchun, 40 yoshli darvozabon 2026 yilgi Jahon chempionatida Kabo-Verde terma jamoasi safidagi muvaffaqiyatli o‘yini bilan katta shuhrat qozondi. U guruh bosqichining birinchi turida Ispaniyaga qarshi bahsda yuqori saviyada harakat qilib, ijtimoiy tarmoqlarda katta mashhurlikka erishdi.

Jahon chempionati boshlanishida uning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 50 ming atrofida bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 29,5 millionga yetgan. Shu tariqa, Vozinya darvozabonlar orasida eng ko‘p kuzatuvchiga ega futbolchiga aylandi hamda turnirning eng mashhur ishtirokchilaridan biri bo‘ldi.

Vozinya so‘nggi ikki mavsumda Portugaliya ikkinchi divizionidagi “Shavesh” klubi sharafini himoya qildi. Shuningdek, u faoliyati davomida Portugaliyaning “Jil Visente”, Moldovaning “Zimbru”, Kiprning AEL va Slovakiyaning “Trenchin” klublarida ham to‘p surgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing