FIFA Jahon chempionatining ramziy jamoasini e’lon qildi
Sport
−
23 iyul 2895 2 daqiqa
FIFA 2026 yilgi Jahon chempionatining ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Undan Messi, Mbappe va Holandlar joy oldi.
Shuningdek, FIFA ramziy jamoasidan Kabo-Verde milliy terma jamoasi darvozaboni Vozinya ham joy oldi. Ispaniyaga qarshi mundial bahsida (0:0) darvozabon 7 ta xavfli zarbani qaytarib, jamoasining tarixiy natija qayd etishida muhim rol o‘ynadi. Ushbu uchrashuvdan keyin Vozinyaning Instagram’dagi mashhurligi keskin oshdi. Oradan bir sutkadan sal ko‘proq vaqt o‘tib, uning sahifasiga 10 million nafar yangi obunachi qo‘shildi. Hozirgi kunda darvozabonning obunachilari soni 29,5 millionga yetgan.
Kabo-Verde terma jamoasi mundialda chorak finalgacha yetib bordi. Jamoa ushbu bosqichda Argentinaga qo‘shimcha vaqtlarda 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
FIFA tomonidan e’lon qilingan ramziy terma jamoaga quyidagi futbolchilar kiritildi:
- Darvozabon: Vozinya (Kabo-Verde);
- Himoyachilar: Mark Kukurelya (Ispaniya), Dayo Upamekano (Fransiya), Lisandro Martines (Argentina), Pedro Porro (Ispaniya);
- Yarim himoyachilar: Jud Bellingem (Angliya), Rodri (Ispaniya), Maykl Olise (Fransiya);
- Hujumchilar: Lionel Messi (Argentina), Kilian Mbappe (Fransiya), Erling Holand (Norvegiya).
2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida bo‘lib o‘tdi. Tarixda ilk bor musobaqada 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etdi.
Turnir g‘olibligini Ispaniya qo‘lga kiritdi. Finalda ispanlar qo‘shimcha vaqtda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda Angliya Fransiyani 6:4 hisobida taslim etdi.
Eslatib o‘tamiz, Rodri turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unay Simon eng yaxshi darvozabon, himoyachi Pau Kubarsi esa eng yaxshi yosh futbolchi sovriniga sazovor bo‘ldi. Kilian Mbappe esa 10 ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Live
Barchasi