Vazirlik OTMlarda semestr tugashi haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi
Jamiyat
−
16 aprel 2020
8278Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta’lim muassasalarida 2019/2020-o‘quv yilining bahorgi semestri joriy yilning 1 iyul kuniga qadar to‘liq yakunlanishi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu xabar yuzasidan ma’lumot berib, uni inkor qildi.
“Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga kiritiladigan o‘zgarishlar haqida vazirlik o‘z rasmiy sahifalari va OAV orqali rasmiy ma’lumot e’lon qiladi”, deyiladi xabarda.
Bundan avval litsey va maktab bitiruvchilari koronavirus pandemiyasi sabab oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinishi haqida yolg‘on xabarlar tarqalgandi.
LiveBarchasi