Vazir o‘rinbosari koronavirusga chalinganlar test topshira olmayotganini tan oldi

Jamiyat

image
Haqiqiy ahvolni bilishimiz uchun kuniga qancha odam test topshirayotgani ochiq aytilishi kerak – Shayxov north_east

Haqiqiy ahvolni bilishimiz uchun kuniga qancha odam test topshirayotgani ochiq aytilishi kerak – Shayxov

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abdulla Azizov mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlarni soni aslida 26 mingtadan ko‘p bo‘lishi mumkinligini tan oldi. Bu haqda u AOKAda o‘tayotgan brifingda ma’lum qildi deb xabar bermoqda QALAMPIR.UZ muxbiri Nozima Shamsiddinova. 

Azizovning ta’kidlashicha, rivojlangan mamlakatlarda, qo‘shni davlatlarda ham, jumladan O‘zbekistonda ham har bir kishi test topshira olmaydi yoki test topshirishga imkoni yo‘q. Ba’zilar esa test topshirmaydi. Shu bois haqiqiy statistikani ko‘rish juda qiyin. Oramizda undan ham ko‘p bemorlar bo‘lishi mumkin.

Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga bir necha bor Bosh vazir o‘rinbosari Bekzod Musayev bilan telefon orqali muloqot qilib, mamlakatdagi vaziyat haqida xabar olib turibdi. Shuningdek, Bosh vazir Abdulla Aripov ham butun e’tiborini koronavirus bilan bog‘liq masalalarga qaratgan.  

Ma’lumot o‘rnida, 3 avgust soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 238 nafarga oshib, 26 066 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun avval QALAMPIR.UZ rahbari Qamariddin Shayxov mamlakatda koronavirus bo‘yicha kuniga qancha test o‘tkazilayotgani haqidagi ma’lumotlar ochiqlanishi kerakligini aytib chiqqandi. Jurnalistning talabiga ko‘ra, SSV koronavirus testlari natijalari bo‘yicha raqamlar davlat yo xususiy shifoxonalardagi tahlillar asosida shakllantirilayotgani haqida aniq ma’lumotlarni berishi kerak. 


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Azizov

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing