O‘zbekistonga bitta dori 82 nom bilan olib kelinyapti

Jamiyat

image

O‘zbekistonda retseptsiz beriladigan dorilar soni 11 825 tani tashkil etmoqda. Bu haqda bugun, 12 dekabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.

Mamlakatga import qilinayotgan 4 971 ta dori turi faqat O‘zbekiston uchun ishlab chiqariladi. Eng ko‘p dori vositalari asosan Hindistondan kirib kelmoqda.

“Bitta dori vositasi 82 ta nom bilan mamlakatga olib kelinmoqda. Bunda korrupsion sxemalar ham rivojlanib ketgan”, dedi Abdulla Azizov.

Ma’lumot uchun, “Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish buyicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori bilan 12 dekabrdan boshlab DMED elektron retsept tizimi ishga tushiriladi. Barcha retsept bo‘yicha beriladigan dori-darmonlar faqat raqamli retsept asosida beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulla Azizov retsepsiz dori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing