Abdulla Azizov lavozimidan “uchdi”
Jamiyat
−
21 yanvar 2022
28954Abdulla Azizov Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. U boshqa ishga o‘tkazilyapti.
Ma’lumot uchun, Abdulla Azizov 2020 yilning 3 iyulida SSV rahbarining o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Abdulla Azizov 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini tamomlagan. O‘qish davomida 2003 yil Yaponiyaning Nagoya universitetida iqtisodiyot yo‘nalishida o‘qigan.
2006 yili Daniyaning Orxus universitetida moliya va xalqaro biznes yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan.
Shuningdek, 2006 yilda Daniyaning Orxus texnika kollejini IT-dasturchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, ushbu yo‘nalishda mehnat faoliyatini boshlagan.
Abdulla Azizov 2006 yildan bugungi kunga qadar Daniyada “Maersk A/S”, “DONG Energy A/S”, “Carlsberg A/S”, “Implement consulting group”, “Vestas A/S” hamda “Danfoss” kompaniyasida Moliyaviy biznes loyihalarini avtomatlashtirish sohasiga yuqori standartlarni joriy qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
U yirik xalqaro kompaniyalarda IT-maslahatchisi, IT-yechimlarni joriy qilish loyihasi rahbari, biznes loyihasida ishlab chiqarish va strategiyalarni joriy qilish bo‘yicha menejer maslahatchisi, boshqarma boshlig‘i kabi mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan.
Abdulla Azizov O‘zbekistonga qaytgach, 2019 yil sentyabridan 2020 yil iyuligacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.