Poliklinikalarda 12 ming shifokor yetishmayapti – SSV (video)

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi poliklinikalarda 12 mingdan ortiq shifokor yetishmayapti. Bu haqda bugun, 23 dekabr kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Kadrlar bo‘yicha afsus bilan aytaman, shuncha oliy ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatishiga qaramasdan, haligacha bizda ehtiyoj mavjud”, deydi vazir.

Uning ma’lum qilishicha,  hozirgi kunda poliklinikalardagi 112 ming shifokorlik shtatlaridan 12 mingdan ortig‘i vakant hisoblanadi. Shuningdek, yetarlicha shifokor bo‘lmagani uchun 19 mingta shtatda shifokorlar yuklama bilan bir stavkadan ko‘p ishlaydi.  

Viloyatlar kesimida oladigan bo‘lsak, hozirda Qashqadaryoda 1216 ta, Surxondaryoda 1256 ta, Toshkent viloyatida 1436 ta shifokor shtatlari vakant. Birlamchi bo‘g‘inda esa 3 mingta oilaviy shifokor yetishmaydi. 

“Asosan bizda muammolar to‘rt soha mutaxassislaridan – reanimatologlar, pediatriylar, ginekologlar va renginologlar bo‘lib turibdi. Buning uchun endi maqsadli klinik ordinatura va maqsadli kvotani belgilash tizimiga o‘tilgani natijasida majburiyat tarzida uch tomonlama shartnoma bilan joylarda bularni to‘ldiramiz”, dedi Asilbek Xudoyorov.


Maqola muallifi

Teglar

SSV shifokor Asilbek Xudoyorov poliklinika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing