Xorijdan Özbekistonga qaytgan şifokorlarga 50 mln sömgaça ustama tölanadi
Jamiyat
−
14:14 481 2 daqiqa
Xorijiy klinikalarda tajriba töplagan özbekistonlik şifokorlar mahalliy şifoxonalariga jalb etilib, ularning oylik iş haqiga 50 million sömgaça ustama tölanadi. Bu haqda bugun, 27 oktyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning Köksaroy qarorgohida soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvida ma’lum qilindi.
Qayd etilişiça, xorijiy klinikalarda tajriba töplagan vatandoş şifokorlar mamlakat şifoxonalariga jalb etiladi.
“Biz ularni özimizdagi şifoxonalarga olib kelib, Yangi Özbekiston tibbiyotida öz maktabini yaratişiga xizmat qiladigan yangi tizimni yölga qöyamiz”, deydi Prezident.
Bunday mutaxassislarning oylik iş haqiga 50 million sömgaça ustama tölanadi. Iş joylari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi.
Ularga atrofida kuçli jamoa şakllantiriş, birga işlaydigan şifokor, assistent va hamşiralarni mustaqil tanlaş imkoniyati beriladi. Nufuzli konferensiyalarda qatnaşiş va xorijdagi hamkasblari bilan tajriba almaşiş xarajatlari qoplanadi.
Bu işlar 26 ta ixtisoslaşgan markazdan boşlanadi. Har bir markaz direktori kelasi yili 5-10 nafardan vatandoş şifokorni jalb etişga mas’ul böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq kelgusi yildan Özbekistonda olis hududlarda işlaydigan barça şifokorlarning oylik qöşimça ustamasi 2 million sömdan 4,5 million sömga oşirilişi, şuningdek, bunday hududga işga kirgan şifokorga 50 million söm bir martalik rağbat puli ham berilişi xabar qilingan edi.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr