Özbekistonda örtaça oylik iş haqi qariyb 7,3 mln sömga yetdi
Bu qiziq
−
18:38 324 5 daqiqa
Özbekistonda 2026 yil yanvar-sentyabr oylarida örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi 7 mln 274,1 ming sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 18 foizga ösdi. Şu bilan birga, ilk bor reallikka yaqin mediana iş haqi e’lon qilindi. Unga köra, respublika böyiça mediana iş haqi 4 mln 166,3 ming sömni taşkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi tomonidan e’lon qilingan hisobotda söz boradi.
Qayd etilişiça, hududlar böyiça örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi miqdori töğrisidagi ma’lumotlar 2026 yilning yanvar-sentyabr oylari uçun keltirilgan bölib, 2025 yilning mos davri bilan taqqoslangan.

Hududlar kesimida örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi Toşkent şahrida 12 mln 300,8 ming sömga teng bölib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 18,3 foizga ösgan. Şuningdek, bu körsatkiç Namangan viloyatida 5 mln 395,9 ming sömni, Jizzax viloyatida 5 mln 506,4 ming sömni, Toşkent viloyatida 6 mln 889,9 ming sömni, Buxoro viloyatida 5 mln 840,9 ming sömni, Farğona viloyatida 5 mln 383,3 ming sömni va Qoraqalpoğiston Respublikasida 5 mln 676,8 ming sömni taşkil etgan.

Şu bilan birga, örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi Qaşqadaryo viloyatida 4 mln 969,7 ming söm, Xorazm viloyatida 5 mln 623,2 ming söm, Sirdaryo viloyatida 5 mln 736 ming söm, Andijon viloyatida 5 mln 765,4 ming söm, Navoiy viloyatida 8 mln 820,5 ming söm, Surxondaryo viloyatida 4 mln 988,9 ming söm hamda Samarqand viloyatida 5 mln 373,4 ming söm miqdorida qayd etilib, boşqa hududlarga nisbatan ösiş sur’ati pastroq ekanligi kuzatilgan.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylaridagi iqtisodiy faoliyat böyiça örtaça oylik nominal iş haqi miqdori 2025 yilning mos davriga nisbatan taqqoslangan. Bu taqqoslaş orqali sohalar kesimida farqlar va özgarişlar tahlil qilingan.
Örtaça oylik nominal iş haqi iqtisodiy faoliyat turlari böyiça tahlil qilinganda, eng yuqori ösiş sur’ati taşiş va saqlaş sohasida qayd etilgan. Xususan, mazkur sohada 2025 yilning mos davriga nisbatan ösiş sur’ati 119,8 foizni taşkil etib, iş haqi miqdori 11 mln 269,2 ming sömga yetgan.
Şuningdek, ta’lim sohasida ham sezilarli ösiş qayd etilib, iş haqi miqdori 5 mln 15,2 ming sömni taşkil etgan (ösiş – 19,6 foiz). Soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş sohasida örtaça iş haqi 4 mln 454,2 ming sömni taşkil etib, 18,2 foizga ösgan. Bank, suğurta, lizing, kredit va vositaçilik faoliyati yönalişida esa örtaça oylik iş haqi 19 mln 712,6 ming sömni taşkil etib, 2025 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan 17,8 foizga oşgani qayd etilgan. Şu bilan birga, quriliş sohasida örtaça oylik iş haqi 7 mln 138,1 ming söm (ötgan yilning mos davriga nisbatan 16,8 foizga oşdi), sanoat sohasida 8 mln 365,9 ming söm (14,4 foizga), axborot va aloqa sohasida örtaça iş haqi 17 mln 6,9 ming söm (13,0 foizga), san’at, köngil oçiş va dam oliş yönalişida 5 mln 732,8 ming söm (12,1 foizga), yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlar sohasida 5 mln 359,2 ming söm (11,4 foizga), savdo sohasida esa örtaça oylik iş haqi 7 mln 694,4 ming sömni taşkil etib, 11 foizga ösgan.
Mediana iş haqi
Mediana iş haqi 2026 yil yanvar–avgust oylari uçun keltirilgan, çunki hisobkitobda foydalanilgan “Mehnatga haq tölaş tarzidagi daromadlar” ma’muriy ma’lumotlari sentyabr oyi böyiça şaxslar kesimida hali töliq şakllanmagan.
Şu sababli mediana iş haqini press-relizning boşqa bölimlaridagi yanvar–sentyabr oylari uçun örtaça iş haqi bilan bevosita taqqoslab bölmaydi. 2026 yil yanvar–avgust oylarida (qişloq xöjaligi korxonalari hamda kiçik tadbirkorlik sub’ektlarini hisobga olmagan holda) respublika böyiça mediana iş haqi 4 mln 166,3 ming sömni taşkil etgan. Hududlar kesimida mediana iş haqining eng yuqori körsatkiçi Toşkent şahrida qayd etilgan bölib, 6 mln 791,2 ming sömni, eng past körsatkiç esa Sirdaryo viloyatida 2 mln 998,4 ming sömni taşkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari böyiça mediana iş haqining eng yuqori körsatkiçi bank, suğurta, lizing, kredit va vositaçilik faoliyatida qayd etilgan bölib, 11 mln 363,9 ming sömni, eng past körsatkiç esa yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlarda 2 mln 860,0 ming sömni taşkil etgan.
Ma’lumot uçun, mediana iş haqi – bu aholi maoşlarini aniq teng ikkiga böluvçi çegara körsatkiçi (örtadagi qiymat).Barça xodimlarning maoşlari eng kam miqdordan eng yuqori miqdorga qarab tartib bilan tizib çiqiladi. Mana şu röyxatning aynan qoq örtasida turgan maoş – mediana iş haqi hisoblanadi. U ijtimoiy tengsizlik va keskin yuqori yoki keskin past maoşlarning ta’siridan xoli bölib, oddiy aholining real daromad darajasini aniqroq aks ettiradi.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda 2026 yil yanvar-iyun oylarida örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi 7 mln 091,1 ming sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizga ösgan edi.
Live
Barchasi