Vaksina “omicron”dan himoya qilmaydi – Elmira Bositxonova

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish darajasi oshgani tufayli qat’iy karantin joriy etish rejalashtirilmagan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xolmamat Norboyev matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Mas’ulga ko‘ra, cheklovlar kiritilishining oldini olish uchun ham aholi emlanishi kerak.

O‘z navbatida, Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova ham koronavirusga qarshi emlanishning ahamiyati va vaksinaning “omicron”ga qarshi samarasi haqida fikr bildirdi.

“Bir narsani yaxshi tushunish kerak, vaksina “omicron”dan himoya qilmaydi. Emlangan odamda kasallik yengilroq o‘tadi, xolos. Biz uni yuqtirmaslik uchun jamoatchilik yig‘ilgan joylardagi munosabatlarni kamaytirishimiz va gigiyenaga qattiq e’tiborli bo‘lishimiz kerak”, deya qo‘shimcha qildi sog‘liqnih Elmira Bositxonova.

Ma’lumot o‘rnida, anjumanda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov 24 yanvarda talabalarning ta’tili tugagach, ta’lim jarayoni an’anaviy shaklda boshlanishini ham ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 9 yanvar kuni O‘zbekistonga Dubaydan kelgan xorijlik fuqaroda koronavirusning yangi omikron shtammi aniqlangani rasman ma’lum qilingan edi. “Omicron” shtammi aniqlangani sabab 15 yanvardan boshlab mamlakatda bir qator cheklovlar joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

omicron

Baholaganlar

377

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing