O‘zbekistonga “omicron” kirgani nega 2 kundan keyin e’lon qilindi?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 9 yanvar kuni O‘zbekistonga koronavirusning “omicron” shtammi kirib kelgani haqida ma’lumot berildi. Rasmiy xabarda virus 7 yanvar kuni aniqlangani aytilgandi.

Biroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi 8 yanvar kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekovga tayanib, mamlakatga “omicron” kirib kelmaganini e’lon qilgandi.

Bunday holatda tabiiy savol tug‘iladi: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni birinchilardan borib aholiga e’lon qilib boruvchi Nurmat Otabekov vaziyatdan bexabarmi yoki buning biz bilmagan yoinki bilish kerak bo‘lmagan sababi bormi? QALAMPIR.UZ jurnalisti shu savol bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xolmamat Norboyevga yuzlandi.

“Omicron shtammi, dastlab, 7 yanvar kuni aniqlandi. Biroq ushbu diagnoz bo‘yicha dunyoning yetakchi mutaxassislari bilan maslahatlashish, uzoq tekshiruvlar o‘tkazish va uni tasdiqlash bilan bog‘liq jarayonlar tufayli uni o‘z vaqtida e’lon qilish imkoni bo‘lmadi va ikki kundan so‘ng jamoatchilikka ma’lum qilindi”, deydi Norboyev.

Uning qayd etishicha, samolyotda “omicron” aniqlangan bemor bilan birga kelgan 200 kishi karantinga olingan. 130 nafar O‘zbekiston fuqarolari uy, 70 nafar xorijiy fuqarolar mehmonxona sharoitida karatinga olingan. 


Maqola muallifi

Teglar

omicron

Baholaganlar

373

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing