“Omicron” shtammining alomatlari ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Yo‘tal, aksirish, burundan suv oqishi va holsizlik... Koronavirus infeksiyasining “omicron” shtammiga chalingan bemorlarda shunday alomatlar kuzatiladi. Bu haqda bugun, 10 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida koronavirus bilan bog‘liq mavjud epidemiologik holat bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Anvar Alimov ma’lum qildi.

“Omicron” birinchi marta Janubiy Afrikada va boshqa mamlakatlarda aniqlandi. Birinchi aniqlangan holatlar o‘rta yoshdagi aholi o‘rtasida ko‘p kuzatildi. Kasallik asosan 5 ta klinik ko‘rinishlarda namoyon bo‘ldi. Bemorlarda yo‘tal, aksirish, holsizlanish, burundan suv oqishi va  har ikkita kasalning birida tana harorati ko‘tarilishi kuzatildi.

Yapon olimlarining aytishicha, “omicron”ning yuqish darajasi “delta” shtammiga nisbatan 4 barobar ko‘proq. Yana bir masala, kasallik emlanganlar orasida yengil o‘tishi aytilmoqda”, deydi Alimov.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari “omicron”ni davolash bo‘yicha qo‘llaniladigan choralar haqida ma’lumot berdi.

“Omicron”ni davolash sxemasi boshqa shtammlardan farqlanmaydi. Profilaktik nuqtai nazardan ham odingi “delta” yoki “uxan” shtammlariga qarshi qo‘llanilgan barcha tadbirlar “omicron”ga ham tatbiq etilishi 100 foiz talab etiladi”, deydi u.

Malumot uchun, O‘zbekistonda joriy yilning 7 yanvarida koronavirusning “omicron” shtammiga chalingan ilk bemor aniqlandi. Shuningdek, mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha kunlik holatlar soni yana ortmoqda. Xususan, kecha, 9 yanvar kuni 389 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, jami kasallanganlar soni 200 730 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

kasallik omicron

Baholaganlar

1676

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing