Kongoda Eboladan kasallanganlar 1500 dan oshdi
Olam
−
04 iyul 374 1 daqiqa
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi tarqalishi davom etmoqda. Mamlakatda bugunga qadar 1 502 nafar bemorda Ebola infeksiyasi tasdiqlangan. Ularning 473 nafari kasallik oqibatida vafot etgan. Bu haqda “Reuters” xabar bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha 213 nafar bemor sog‘aygan, yana 628 kishi shifokorlar nazoratida. Sog‘liqni saqlash xizmati mutaxassislari virus yuqtirgan bemorlar bilan aloqada bo‘lganlarning 81,8 foizini kuzatuvga olgan.
Kasallikning asosiy o‘choqlari mamlakatning sharqidagi Ituri, Shimoliy Kivu va Janubiy Kivu provinsiyalarida qayd etilgan. Mutaxassislarning bildirishicha, Bundibugyo shtammga qarshi hozircha tasdiqlangan vaksina yoki maxsus davolash usuli mavjud emas.
Vaziyat mamlakat sharqida davom etayotgan qurolli mojarolar sabab yanada murakkablashmoqda. Bu esa tibbiyot xodimlarining bemorlarni aniqlash, izolyatsiya qilish va davolash ishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mazkur Ebola epidemiyasini xalqaro miqyosda tashvish uyg‘otayotgan sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyat deb e’lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida Bundibugyo shtammi keltirib chiqargan Ebola virusiga qarshi davolash usulini sinovdan o‘tkazish boshlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi