Har yili 11 mln o‘lim: JSST ogohlantirdi

Salomatlik

image

Hozirgi vaqtda 3 milliarddan ortiq odam nevrologik kasalliklar ta’sirida, bu esa dunyo aholisining taxminan 40 foizi degani. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo mamlakatlarining uchdan biridan kamrog‘i har yili 11 million odamning o‘limiga sabab bo‘layotgan nevrologik kasalliklarning ortib borayotgan yukiga qarshi kurashish siyosatini qabul qilgan.

Qayd etilishicha, 2021 yilda o‘lim va nogironlikning nevrologik sabablari o‘ntaligiga insult, neonatal ensefalopatiya, migren, Alsgeymer kasalligi va boshqa demansiyalar, diabetik neyropatiya, meningit, idiopatik epilepsiya, erta tug‘ilishning nevrologik asoratlari, autizm va asab tizimi spektri kasalliklari kiradi. 

Bu kasalliklar nevrologik kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan 80 barobardan ortiq orqada qolayotgan kambag‘al mamlakatlarga og‘ir yuk bo‘ladi, shu bilan birga past va o‘rta daromadli mamlakatlarda zarur milliy rejalar, byudjetlar va inson resurslari yo‘q.

JSST global hamjamiyatni miya sog‘lig‘ini birinchi o‘ringa qo‘yishga va dalillarga asoslangan nevrologik yordamni kengaytirish uchun imkon qadar tezroq birgalikda harakat qilishga chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq JSST antibiotiklar bakteriyalarga qarshi kurashda tobora samarasiz bo‘lib borayotganini ma’lum qilingan edi. Dunyo miqyosida infeksiyalarning dori vositalariga chidamliligi har yili o‘rtacha 5-15 foizga oshib boryapti. Bu antibakterial preparatlarning ortiqcha va noto‘g‘ri qo‘llanilayotgani bilan bog‘liq.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

JSST kasallik nevrologik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing