“Omicron” O‘zbekiston bilan chegaradosh davlatga ham kirib bordi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘izistonda koronavirusning “omicron” shtammi qayd etilib, koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan.

“Milliy ftiziatriya markazi koronavirus shtammini aniqlash uchun sekvensiya o‘tkazdi. Yanvar oyi boshida Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilganlar orasidan namunalar olindi va ularning ikkitasida “omicron” shtammi borligi aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Qirg‘izistonda bir kunda 465 ta yangi COVID-19'ga chalinish holati qayd etilgan. Bu so‘nggi 5 oy ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich. 

Yangi “omicron” shtammi tufayli Qirg‘iziston o‘tgan yilning 1 dekabridan boshlab, emlangan yoki emlanmaganidan qat’i nazar, mamlakatga tashrif buyuruvchi barchaga majburiy PZR testini joriy qilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Britaniya olimlari o‘tgan yilning 24 noyabrida “delta”dan ham xavfliroq bo‘lishi mumkin bo‘lgan koronavirusning yangi shtammi haqida xabar berishdi. Ular e’tiborni shtammdagi mutatsiyalar sonining ko‘pligiga, uning tezroq tarqalishiga va mavjud vaksinalarga chidamliligiga qaratdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 yanvar kuni O‘zbekistonda koronavirusning “omicron” shtammiga chalingan ilk bemor aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

omicron

Baholaganlar

139

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing