Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida karantin qoidalari joriy qilinmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonga “omicron” kirib kelishi ortidan Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida karantin qoidalari joriy qilinmoqda. Unga ko‘ra:

•    davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida COVID -19 pandemiyasi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablarga qat’iy rioya etiladi;

•    davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bayram tadbirlari o‘tkazilishi vaqtinchalik cheklanadi; 

•    ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi (zarur vaziyatlarda so‘nggi uch kunlik PSR testi va emlanganligi haqida sertifikati bo‘lishi lozim);

•    yig‘ilishlar o‘tkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish choralari ko‘riladi;

•    mazkur cheklovning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 yanvar kuni O‘zbekistonda koronavirusning “omicron” shtammiga chalingan ilk bemor aniqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

omicron

Baholaganlar

514

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing