Vaksina noyabr oyida tayyor bo‘lishi imkoni bor – AQSH yetakchi shifokori Entoni Fauchi
Salomatlik
−
27 may 2020
7204COVID-19 vaksinasi noyabr oyida foydalanishga tayyor bo‘lishi mumkin. Bu haqda AQSHning yuqumli kasalliklar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Entoni Fauchi CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Men yanvar oyida vaksina ishlab chiqarish uchun bir yarim yil vaqt kerak bo‘ladi degan edim. Hali hammasi yaxshi bo‘ladi deb o‘ylayman. Agar hamma narsa shunday davom etsa, vaksina noyabr yoki dekabrgacha tayyor bo‘lishi mumkin”, deydi Fauchi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda 10 ta vaksina odamlarda klinik sinovlardan o‘tmoqda.
Johnson & Johnson, Moderna va Oksford universiteti vaksinalarni ishlab chiqish ustida ishlamoqda. Masalan, Oksford jamoasi vaksinani yaratishda katta yutuqlarga erishmoqda. Universitetning dastlabki bir necha million dozalari vaksinalari sentyabr oyiga qadar tayyorlanishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, amerikalik olim, saraton kasalligi, OIV va inson genomini tadqiq etuvchi Uilyam Xazeltayn koronavirusga qarshi vaksinaning erta ishlab chiqilishidan shubhalandi va insoniyatni yangi infeksiyaga qarshi kurashda ijtimoiy izolyatsiya choralariga tayanishga da’vat etdi.
Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp ham vaksina rejadan avval tayyor bo‘lishini aytgan edi.
LiveBarchasi