“Vagner” askarlari Polsha-Belarus chegarasiga joylashtirildi – Polsha Bosh vaziri 

Olam

image

Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiy yuzdan ortiq “Vagner” askari Belarusni Rossiyaning Kaliningrad viloyati bilan ajratib turuvchi Suvalki yo‘lagiga – Polsha chegarasiga joylashtirilganini aytdi. Bu haqda “Rmf24.pl” xabar berdi

Qayd etilishicha, Polsha Bosh vaziri mazkur harakatni “bo‘lajak gibrid hujumga harakat” deb atagan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Vagner”chilar Belarus harbiylaridek kiyinishlari va bunday niqob ostida noqonuniy muhojirlarga Polshaga kirishga, shu orqali mamlakatdagi vaziyatni uning ichidan buzishga harakat qilishi mumkin. 

Moravetskiy 2023 yil davomida Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning “Polshaga bostirib kirish” rejasi bo‘yicha noqonuniy muhojirlar tomonidan uning chegarasini kesib o‘tishga urinishning 16 mingta holati qayd etilganini qo‘shimcha qilgan. 

Bosh vazir hozirda vaziyat yanada murakkab tus olganini ta’kidlagan. 

“Bizda “Vagner” guruhining 100 dan ortiq yollanma askarlari Belarusning Grodno shahri yaqinidagi Suvalki yo‘lagi tomon harakatlangani haqida ma’lumotlar bor”, deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prigojinning muvaffaqiyatsiz isyonidan so‘ng tuzilgan kelishuvga binoan “Vagner” yollanma qo‘shinlarining Belarusga o‘tkazilishi belgilandi. Ayni paytda Belarusda allaqachon xususiy harbiy kompaniyaning 12 ta kolonnasi yoki 5 ming jangchisi bor. 

“Vagner”ning Belarusga ko‘chishi G‘arbda, xususan, Polshada xavotirlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bir necha kun oldin Belarus armiyasining maxsus operatsiyalar kuchlari bo‘linmalari Polsha chegarasi yaqinidagi “Brestskiy” poligonida “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi yollanma askarlari bilan mashg‘ulotlar ham o‘tkazdi. Joriy yilning 23 iyul kuni esa Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Putin bilan suhbatda go‘yoki, “Vagner” askarlari Polsha shaharlariga  “sayohatga” borishga shoshilayotganini aytdi. 

Ushbu holatda AQSH Davlat departamenti Lukashenkoning shamasiga javoban, Qo‘shma Shtatlar NATO hududining har bir qarichini himoya qilishiga va’da berdi. Amerika Urushni o‘rganish instituti esa “Vagner”da Ukraina yoki Polshaga tahdid solishga qodir bo‘lgan og‘ir qurollar yo‘qligi va shuning uchun ham hujum ehtimoli mavjud emasligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Pol'sha Belarus' Vagner

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made