“Vagner” ortga chekindi

Olam

image

“Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin Belarus fuqarosi bilan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng, Moskvaga ketayotgan qo‘shinlari ortga qaytarilganini ma’lum qildi. 

“23 iyun kuni “Adolat marshi”ni boshlaganmiz. O‘tgan bir sutka davomida biz uzoq yo‘lni bosib o‘tdik. Shu vaqt davomida jangchilarimizdan bir tomchi ham qon oqmadi. Ruslar qoni uchun, biz barcha kolonani ortga qaytaryapmiz”, degan Prigojin. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan kelishilgan holda “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin bilan muzokara olib borgandi. Muzokaralar yakunida Rossiya hududida qurolli kuchlar harakatini to‘xtatish va keskinlikni yumshatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Vagner Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing