Belarusdagi “Vagner” Ukraina yoki Polsha uchun tahdid emas – ISW

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko “Vagner” Polshaga tahdid solayotganini da’vo qildi. Amerika Urushni o‘rganish instituti (ISW) esa buni rad etib chiqdi.

“G‘arb va Ukrainaning yuqori martabali rahbarlari va ISW Ukrainaning qarshi hujumini baholashga hali erta, deb hisoblashda davom etmoqda. Chunki, Ukraina hali ham muhim kuchlarga ega va istalgan vaqtda va istalgan joyda hal qiluvchi operatsiyalarni boshlash qobiliyatini saqlab qoladi”, deyiladi xabarda.

Keltirilishicha, Belarusdagi “Vagner” jangchilari Ukraina yoki Polshaga jiddiy hujum qilish uchun zarur bo‘lgan og‘ir qurollarga ega ekani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

“Belarusdagi “Vagner” kuchlari mexanizatsiyalashgan uskunalar bilan qayta jihozlanmaguncha Polsha yoki Ukrainaga harbiy xavf tug‘dirmaydi”, deyiladi ISW xabarida.

Bunga sabab qilib institut “Vagner”ning Sel qishlog‘idagi asosiy bazasi suratida to‘xtab turgan mashinalar asosan yuzlab yengil avtomobillar, kichik yuk mashinalari va 35 ga yaqin yarim tirkamalar ekanini ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Belarus armiyasining maxsus operatsiyalar kuchlari bo‘linmalari Polsha chegarasi yaqinidagi “Brestskiy” poligonida “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi yollanma askarlari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishini ma’lum qilgandik.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vagner Belarus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing