AQSH Polshani “Vagner”dan himoya qilishga va’da berdi

Olam

image

AQSH Davlat departamenti Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenkoning “Vagner” jangchilari Polshaga ekskursiyaga borishi haqidagi so‘zlariga NATO hududining har bir qarichini himoya qilishga va’da berdi. Bu haqda AQSH tashqi siyosati vakili Mettyu Miller ma’lum qildi.

"Polsha bilan ittifoqimiz mustahkam. Polsha NATO a’zosi va kerak bo‘lsa, alyans hududining har bir qarichini himoya qilamiz", deydi Mettyu Miller.

Shu bilan birga, amerikalik diplomat Qo‘shma Shtatlar NATOdagi  har qanday ittifoqchisiga yordam berishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko “Vagner” Polshaga tahdid solayotganini da’vo qilgandi. Ammo Amerika Urushni o‘rganish instituti (ISW) esa buni rad etib chiqqandi. Institutga ko‘ra, Belarusdagi “Vagner” kuchlari mexanizatsiyalashgan uskunalar bilan qayta jihozlanmaguncha Polsha yoki Ukrainaga harbiy xavf tug‘dirmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Pol'sha Vagner

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing