Vetnamdagi to‘fon qurbonlari 200 ga yaqinlashdi
Olam
−
12 Sentabr
1405Vetnamda bir necha kundan beri davom etayotgan “Yagi” to‘foni oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 200 ga yaqinlashdi, 125 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, 197 kishi halok bo‘lgan, 128 kishi bedarak yo‘qolgan, 800 dan ortiq kishi jarohatlangan. Poytaxt Xanoyda Qizil daryodan toshgan sel suvlari biroz pasaygan, biroq ko‘plab hududlar hali ham suv ostida qolmoqda.
Ma’lumot uchun, “Yagi” Vetnamda so‘nggi o‘n yilliklar ichida kuzatilgan eng kuchli to‘fon bo‘ldi. 7 sentyabr kuni uning tezligi soatiga 149 kilometrgacha yetgan. 10 sentyabr kuni Vetnam shimolidagi Laokay provinsiyasidagi Langnu qishlog‘ini suv bosishi oqibatida halok bo‘lganlar soni keskin oshdi.
Kecha, 11 sentyabr kuni yuzlab qutqaruvchilar uzluksiz ravishda omon qolganlarni qidirish ishlarini amalga oshirdi. Bugun, 12 sentyabr tonggacha yana 53 nafar qishloq aholisi bedarak yo‘qolgani va 7 kishining jasadi topilgani xabar qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fu Txo provinsiyasidagi gavjum Fong Chau yo‘l ko‘prigi qulagani, oqibatda 10 ta avtomobil va ikkita skuter Xon Xa daryosiga tushib ketgani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi