O‘zbekiston 100 foizlik natija bilan pley-off bosqichiga chiqdi

Sport

image

Bugun, 22 sentyabr kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Aichi-Nagoyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining guruh bosqichi 3-tur bahsida maydonga tushdi. O‘zbekiston vakillari so‘nggi turda Vetnamni 0:2 hisobida mag‘lub etdi. 

Bahs to‘liq O‘zbekiston olimpiyachilari nazoratida o‘tdi. Birinchi bo‘limning 5-daqiqasidayoq Muhammadali O‘rinboyev gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Shu tariqa, dastlabki taym kichik hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim ham O‘zbekiston olimpiyachilari ustunligida o‘tdi. Uchrashuvning 67-daqiqasida Nurlan Ibraimov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, o‘yindagi ishonchli hisobni ta’minladi. Natijada bahs Markaziy Osiyo vakillarining 0:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘zbekiston “C” guruhida Filippin, Quvayt va Vetnamni mag‘lub etib, 100 foizlik natija bilan pley-off bosqichiga chiqish masalasini hal qildi. Guruh bosqichida “oq bo‘rilar” 9 ta gol urdi va bir marta gol o‘tkazib yubordi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing