V&A muzeyi Teylor Sviftning muxlislariga ish taklif qilmoqda
Madaniyat-san’at
−
24 fevral
3722Londondagi V&A muzeyi mashhur xonanda Teylor Sviftga tuhfa etilayotgan esdalik buyumlari kolleksiyasini yaratish uchun yulduzning muxlislarini ishga olmoqchi. Bu haqda “Euronews” nashri xabar berdi.
Gap shundaki, Svift o‘zining rekord o‘rnatgan “Eras tour“ gastrol turnirining Yevropa bosqichini davom ettirmoqda. Qo‘shiqchining muxlislari esa qo‘lbola do‘stlik bilaguzuklarini almashishyapti. Ishga olinadiganlarning asosiy rollaridan biri ham bu do‘stlik bilakuzuklari ortidagi ma’nolarni tushuntirish bo‘ladi.
Bunday esdaliklar V&A tomonidan ham taqdim etiladi. Shu sababli muzey besh nafar muxlisni maslahatchilikka yollaydi. Bunda ushbu vakansiya bilan ishga olingan xodimlar bilan ish soati ko‘rsatilgan shartnoma tuzilmaydi. Balki ish haqi faqat rag‘batlantirish shaklida yoziladi. Ma’lum qilinishicha, maslahatchilik uchun arizalar 7 martga qadar qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun, Viktoriya va Albert (V&A) muzeyi Londonning Janubiy Kensington shahrida joylashgan. U o‘zining san’at kolleksiyalari bilan mashhur. O‘tgan yillarda u Devid Bouidan tortib Pink Floydgacha musiqa yulduzlari bilan bog‘liq katta ko‘rgazmalar o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik qo‘shiqchi Teylor Sviftning “Eras tour“ deb nomlangan gastrol sayohati tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan safar sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgandi.
LiveBarchasi