“O‘ztransgaz”ga yangi boshqaruv raisi tayinlandi

Jamiyat

image

Askar Isoqov “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Isoqov bunga qadar Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda “O‘ztransgaz” AJga energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Behzod Normatov boshqaruv raisi etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili  “O‘ztransgaz” AJ mansabdorlari 4 trillion 904,7 mlrd so‘mni rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani va 7,4 mlrd so‘m mablag‘ ortiqcha mukofot pullari sifatida to‘lab berilib, o‘zlashtirilishi ortidan davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgani haqida xabarlar tarqaldi. Shundan so‘ng, Bosh prokuratura holat yuzasidan bayonot berib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'ztransgaz Askar Isoqov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing