“O‘ztransgaz” boshqaruv raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2023
7283“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Askar Isoqovga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 9 oktyabr kuni Rahmonov Muhsin Narzulloyevich kompaniya boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari – bosh muhandis lavozimiga tayinlangan. U tayinlovga qadar “O‘ztransgaz” AJ Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bosh muhandis lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Shuningdek, Baybayev Jahongir Baxtiyorovich kompaniya boshqaruv raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.
Baybayev shu paytga qadar Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi – “O‘zenergoinspeksiya” Neft-gaz sohasida nazorat tadbirlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Safarov Shohjahon Ilhomovich kompaniya boshqaruv raisining transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlangan. U mazkur tayinlovgacha “O‘ztransgaz” AJ investitsiyalar va istiqbolli rivojlanish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 avgust kuni Askar Isoqov “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan edi.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar