Kamoliddin Mardonov Prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
Jamiyat
−
21:58 1293 1 daqiqa
Bugun, 3 oktyabr kuni Kamoliddin Karamiddinovich Mardonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tegishli farmonni imzoladi.
Kamoliddin Mardonov yangi lavozimga tayinlangani munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Obid Arziqulovich Hakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari hamda o‘rindoshlik asosida “Yangi O‘zbekiston” universiteti rektori lavozimiga tayinlangandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etilgan edi.