Erkinjon Turdimovga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

−

image

Bugun, 20 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Ta’lim va ilm-fan vazirligida qator kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oybek Behzodovich Yo‘ldoshev Ta’lim va ilm-fan vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar u “PwC Uzbekistan” kompaniyasining Davlat sektori, infratuzilma va ESG bo‘yicha konsalting amaliyoti direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Mehriniso Doniyorovna Pardayeva Ta’lim va ilm-fan vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar u Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Shu bilan birga, Sanjar Mahamatjan o‘g‘li Mirzaliyev Ta’lim va ilm-fan vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar u Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing