Energetika vaziri o‘rinbosari “O‘ztransgaz” AJga rahbar bo‘ldi
Jamiyat
−
21 avgust 2021 13015 1 daqiqa
O‘zbekiston Energetika vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Behzod Rahmatillayevich Normatov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Energetika vazirligi Matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Behzod Normatov “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, 2020 yil aprel oyida vazir o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Qayd etilishicha, undan avval Behzod Normatov “Andijonneft” AJ boshqaruvi raisi, Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025