Energetika vaziri o‘rinbosari “O‘ztransgaz” AJga rahbar bo‘ldi
Jamiyat
−
21 avgust 2021
11000O‘zbekiston Energetika vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Behzod Rahmatillayevich Normatov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Energetika vazirligi Matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Behzod Normatov “O‘ztransgaz” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, 2020 yil aprel oyida vazir o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Qayd etilishicha, undan avval Behzod Normatov “Andijonneft” AJ boshqaruvi raisi, Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
LiveBarchasi
Toshkentga tramvay qaytadi.
13 mart